TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Toshkent va Samarqand shaharlari kuzda sayohat qilish uchun eng mashhur shaharlar ro‘yxatiga kirdi. Bu haqda RIA Novosti Tutu kompaniyasiga tayanib xabar berdi.
Rossiyalik sayyohlar kuzda sayohat qilishni rejalashtirayotgan eng mashhur hududlar va mamlakatlar nomi ma’lum bo‘ldi.
Kompaniya mutaxassislari foydalanuvchilar tomonidan aviachiptalarni bron qilish ma’lumotlarini tahlil qilib, ularning 85 foizi Rossiyaga sayohat qilishni rejalashtirayotganini aniqladi. Sayyohlarning 8,8 foizi yaqin xorijga, 6,2 foizi uzoq xorijga to‘g‘ri keladi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya Federatsiyasi bo‘ylab kuzgi sayohatlar uchun eng mashhur shaharlar Sochi, Moskva, Sankt-Peterburg, Mineralnie Vodi va Kaliningraddir. Keyingi o‘rinlarda Maxachkala, Yekaterinburg, Novosibirsk, Krasnoyarsk va Vladivostok.
“Yaqin xorijning eng ko‘p talab qilinadigan shaharlari - Yerevan, Boku, Toshkent, Ganja, Samarqand, Bishkek, Ostona va Minsk”, deyiladi xabarda.
Uzoq xorijlar orasida Istanbul, Antaliya va Tel-Aviv eng ko‘p talabga ega. Mashhurlik reytingida keyingi o‘rinlarda Kasablanka, Dubay, Bangkok, Pxuket va Dalaman egallagan.