TOShKENT, 12 avg — Sputnik. Sog‘liqni saqlash vaziriga birinchi o‘rinbosar tayinlandi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Prezidentning tegishli qarori bilan Toshkent tibbiyot akademiyasining rektori Alisher Shadmanov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tibbiyot fanlari doktori, professor Shadmanov 2020-yildan buyon Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori vazifasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Shadmanov 1962-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1985-yilda Andijon davlat tibbiyot institutini tamomlagan. 2009-2010 yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, 2010-2015 yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori lavozimlarida mehnat qilgan.
2015-2017 yillarda Oliy Majlisning Qonunchilik Palatasi deputati, qo‘mita raisi bo‘lgan. 2017-2020 yillarda Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlagan.