TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda hududlarda toza havo muhitini yaratish endi hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘ladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxorodagi yig‘ilishda ma’lum qildi.
Davlat rahbari yig‘ilishda mamlakat hududlarida ko‘kalamzorlashtirish ishlariga to‘xtatib o‘tdi.
Yashil makon" dasturida har yili 200 million tup daraxt ekish bo‘yicha barcha hududlarda ko‘kalamzorlashtirish darajasini 30 foizga yetkazish ko‘zda tutilgandi.
Buning uchun har bir hududda bahor va kuzda 15 million tupdan ko‘chat ekish rejalashtirilgan. Bundan tashqari, barcha shaharlar atrofida "yashil belbog‘lar" qurish reja qilingan.
Prezident ayrim rahbarlar bu ishlarni o‘z holiga tashlab qo‘yganini tanqid qildi. Masalan, ko‘chatlar sug‘orish tizimi yo‘q hududlarga ekilgani sabab 10 million nihol nobud bo‘lgan. Daraxt ko‘chatlarini yo‘llar bo‘yida ekish ishlari 33 ta tuman va shaharda umuman bajarilmagan.
Mirziyoyev o‘z hududida ekologik vaziyatni yaxshilash, aholiga qulay yashash va toza havo muhitini yaratish endilikda hokimlarning eng asosiy vazifalaridan biri bo‘lishini ta’kidladi.
Barcha tizim va hudud rahbarlariga mahallalar, aholi punktlari, ko‘p qavatli bino, hovlilarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish topshirildi.

Avvalroq O‘zbekiston marosimlarda daraxt ekish an’anasini tiklashi mumkinligi xabar qilingan edi.