Qalblarda mangu: Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasi yodga olindi — video

“Paxtakor” futbol klubi a’zolari halokatga uchraganiga 44-yil bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Toshkentdagi Botkin qabristonida 1979-yil 11-avgust kuni aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lgan “Paxtakor” futbol klubi a’zolarini yodga olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Fojianing 44-yilligi munosabati bilan klubning hozirgi va sobiq futbolchi va murabbiylari, sport federatsiyalari vakillari, shuningdek, o‘sha fojiada halok bo‘lganlarning yaqinlari “Paxtakor-79” yodgorligi poyiga gul qo‘yishdi.
Tadbirda 1960-70 yillarda “Paxtakor” jamoasida to‘p surgan taniqli sportchilar To‘lagan Isoqov va Berador Abduraimov ham ishtirok etdi.
1 / 2

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasi yodga olindi.

2 / 2

Toshkentda “Paxtakor-79” jamoasi xotirasi yodga olindi.

Jamoa futbolchilari 1979-yilning 11-avgustda halokatga uchragan. Aviahalokat oqibatida jamoaning 17 nafar vakillari halok bo‘lgan.