TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Yevropa Ittifoqi va AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalar masalasida Markaziy Osiyo davlatlariga bosimi mintaqadagi loyihalarni amalga oshirishni xavf ostiga qo‘yadi, dedi Rossiya TIV iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy RIA Novosti agentligiga bergan intervusida.
Darhaqiqat so‘nggi paytlarda AQSh va Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo mintaqasidagi mustaqil do‘st davlatlarga tez sur’atlar bilan bosimni kuchaytirib, ularni Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilishga va mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni cheklashga majbur qilmoqda. Vashington va Brussel "Rossiyaga qarshi" cheklovlar marafonining joriy bosqichidagi bu vazifalarni ustuvor sifatida qilib qo‘ymoqda, — dedi u.
AQSh va uning satellitlarining bunday harakatlari davlatlarimizning ikki tomonlama munosabatlariga qo‘pol aralashuv bo‘lib, aslida mustaqil tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy yo‘nalish qurish erkin huquqini buzadi, Markaziy Osiyo mintaqasida o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga xavf tug‘diradi, — dedi Birichevskiy.
Avvalroq Yevropa Kengashi rahbari Sharl Mishel Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyo davlatlari bilan Rossiyaga qarshi sanksiyalarga rioya qilish masalasida muloqotga kirishmoqchi ekanligini, biroq ularni chetlab o‘tishga yordam berganlarga nisbatan chora ko‘rish niyatida ekanini aytgandi. Yevropa Kengashi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalar Rossiyaga yordam ko‘rsatayotganlarga qarshi qaratilgan bo‘lib, Yevropa Ittifoqi buni Rossiya mudofaa sektoriga yordam sifatida ko‘rishi mumkin. Biroq u YeI bu masala bo‘yicha muloqotni afzal ko‘rishini va ekstraterritorial choralarni qo‘llamoqchi emasligini tasdiqladi.
2022 yil boshidan beri YeI Rossiyaga qarshi o‘nta sanksiya paketini tasdiqladi va hozirda yangi cheklovchi choralarni tayyorlamoqda.
RF G‘arb bir necha yil oldin Rossiyaga ko‘rsata boshlagan va kuchayishda davom etayotgan sanksiyalar bosimiga dosh berishini bir necha bor ta’kidlagan. Moskva G‘arbda Rossiyaga qarshi sanksiyalar muvaffaqiyatsizlikka uchraganini tan olishga jasorat yetishmayotganini ta’kidladi. G‘arb davlatlarining o‘zida ham Rossiyaga qarshi sankuiyalar samarasiz ekani haqidagi fikrlar bir necha bor bildirilgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin avvalroq Rossiyani jilovlash va zaiflashtirish siyosati G‘arbning uzoq muddatli strategiyasi ekanligini va sanksiyalar butun jahon iqtisodiyotiga jiddiy zarba berganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbning asosiy maqsadi millionlab odamlar hayotini yomonlashtirishdir.