TOShKENT, 11 avg — Sputnik. 1979 yil 11-avgust kuni SSSRda eng yirik samolyot halokati sodir bo‘lgan edi. Ukrainaning Dneprodzerjinsk shahri osmonida Ikkita TU-134 samolyoti to‘qnashib ketgan: biri Chelyabinskdan Kishinyovga, ikkinchisi – Toshkentdan Minskka uchayotgan bo‘lgan.
Samolyotlar 8400 metr balandlikda 95 gradus burchak ostida bir biriga to‘qnashan. Har ikkala samolyotda bo‘lgan 178 nafar yo‘lovchi va ekipaj a’zolarining barchasi halok bo‘lgan.
Keyin aniqlanishicha, baxtsiz hodisa Xarkov aviadispetcherlarining xatosi tufayli sodir bergan. Yosh, tajribasiz dispetcher samolyotlar havfli yaqinlashayotganini kech payqab qolgan. Uning to‘qnashuvdan bir daqiqa oldin 9 ming metr balandlikka ko‘tarilish haqidagi buyrug‘ini Belarus samolyoti uchuvchisi efir zichligi tufayli eshita olmagan.
"Paxtakor" jamoasining 17 nafar a’zosining o‘limi butun O‘zbekiston va SSSR sport jamoatchiligini qayg‘uga solgan. Ushbu mash’um fojiani ko‘pchillik haligacha iztirib bilan eslaydi. Qurbon bo‘lgan futbolchilar xotirasiga Toshkentdagi "Paxtakor" stadioni yaqinida va fojia sodir bo‘lgan joyda yodgorlik o‘rnatilgan. Har yil 11-avgust kuni ushbu yodgorliklar oldiga odamlar to‘planib, "Paxtakor-79"ni eslashadi.