TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Romitan tumanida yashovchi Xalil Qobilov va Gulbahor To‘xtayevalar xonadonida bo‘ldi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Davlat rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Qayd etilishicha, bu yerda 3 ming 900 nafarga yaqin aholi yashaydi. Mahallaning drayveri hunarmandlik va issiqxona xo‘jaligi deyish mumkin. 200 gektar maydondagi issiqxonalarda bozorbop sabzavotlar yetishtirib sotiladi. Shuningdek, mebelsozlik, tikuvchilik, zardo‘zlik yaxshi rivojlangan.
Prezident Xalil Qobilov va Gulbahor To‘xtayevalar xonadonida qo‘ni-qo‘shnilar, oqsoqollar bilan suxbatlashdi.
Mahalla raisi hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab berdi.
Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Mahallada o‘ndan ortiq savdo do‘koni, tikuvchilik ustaxonalari, mehmonxona va restoranlar bor. Ularda mahalliy yoshlar ishlab, daromad topmoqda. Umuman aytganda, mahallada ishsiz odam yo‘q, o‘tgan davrda bironta jinoyat sodir etilmagan”, - deyiladi xabarda.
“Obod mahalla” dasturi asosida infratuzilma yaxshilangan. Xususan, ichki yo‘llar asfaltlanib, pidodalar yo‘laklari qurilgan. Transformator o‘rnatilib, elektr tarmoqlari yangilangan.
Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
“Odamlarga nima kuch beradi? Islohotlar natijasini o‘z hayotida ko‘rish. Bugun odamlarimiz shunday ruh bilan ertangi kunga intilayapti. Harakat qilgan oilaning biri ikki bo‘lyapti. Xalqimiz bizga katta ishonch bildirdi. Yanada o‘zgarishlarni, yangi tashabbuslarni kutayapti. Bu juda yuksak mas’uliyat", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Aytilishicha, uchrashuvda nuroniylar yoshlar tarbiyasi, tuman rivoji bo‘yicha o‘z takliflarini bildirib o‘tgan.
Shavkat Mirziyoyev Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘ldi.
© Press-slujba prezidenta Uzbekistana