TOShKENT, 11 avg — Sputnik. Ukraina aslida taslim bo‘lganini tan olishi zarur, bu, ehtimol, tinchlik sari yo‘l ochgan bo‘lardi. Biroq buni na Vashington, na Kiyev xohlayapti. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
“Bo‘lingan mamlakat okoplarida azob chekayotgan kishilarga haqiqatdan faqat taslim bo‘lish kerak, bu, ehtimol, tinchlik sari yo‘l ochgan bo‘lardi. Biroq tinchlikni na Vashington, na Kiyev xohlayapti. Amerika bo‘linmagan hokimiyatni istayapti va buning uchun ukrainlar hayotini ayamayapti”, - deya yozdi Medvedev o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning qarshi hujum go‘sht kombinati bugun o‘limga minglab bechoralarni yuborib, to‘xtovsiz ishlab turibdi.
“Biroq uning ishi o‘limdan keyin chirish bosqichiga o‘tgan Kiyev rejimiga hech qanday yordam bermaydi. Uning jasadini tiriltirishning imkoni yo‘q”, - deya hisoblaydi Rosssiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.