TOShKENT, 11 avg — Sputnik. O‘zbekistonda maktablarda 2023/2024 o‘quv yili 4-sentabrdan boshlanadi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Prezidentning "2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq, Mustaqillik bayrami munosabati bilan 2-sentabr — shanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilangani sababli 1−3 sentabr barcha uchun dam olish kunlari sanaladi.
"Shu munosabat bilan respublikadagi barcha maktablarda yangi — 2023/2024-o‘quv yili dars jarayonlari 2023-yil 4-sentabrdan (dushanba kuni) boshlanadi" - deyiladi xabarda.