Xitoy aviakompaniyasi Urumchi-Samarqand parvozini yo‘lga qo‘yadi

Transport vazirligida “China Southern Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Xitoyning “China Southern Airlines” aviakompaniyasi Urumchi – Samarqand aviaqatnovini ochmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha, 9-avgust kuni, Transport vazirligida “China Southern Airlines” aviakompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Urumchi – Samarqand yangi yo‘nalishini ochish, “Uzbekistan Airways” AJ bilan “kod-sher” tijorat shartnomasi bo‘yicha reyslarni amalga oshirish va Pekin-Toshkent yo‘nalishida chastotalarni haftasiga 4-martagacha oshirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek Transport vazirligi vakillari O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi mavjud kvotalar va joriy yilning oktabr oyida Pekin shahrida ikki mamlakat aviatsiya hokimiyati o‘rtasida muzokaralar o‘tkazilishini muhokama qildi.