"Uzbekistan Airways" mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qildi

Mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha tariflarga 50% chegirma taqdim etildi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. “Uzbekistan Airways” 1-sentabrdan boshlab mustaqillik bayrami munosabati bilan chegirma e’lon qildi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Bayram munosabati bilan 1-sentabrdan 3-sentabrgacha barcha mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha tariflarga 50% chegirma taqdim etildi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling va bayram kunlarini do‘stlaringiz hamda yaqinlaringiz davrasida o‘tkazing!”, - deyiladi xabarda.

Chegirma Let L-410 havo kemalarida amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, 20-iyuldan boshlab "Uzbekistan Airways" kompaniyasi Let L-410 havo kemalarida Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishi kunlik muntazam pazvozlarni yo‘lga qo‘ydi. Aviachiptalar narxi esa 182 000 so‘mdan boshlanadi.