Toshkentda futbol bo‘yicha “Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri” bo‘lib o‘tadi — taqvim

Musobaqa 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Joriy yilning 11-15 avgust kunlari Toshkentda futbol bo‘yicha “Mirabror Usmonov xalqaro xotira turniri” bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Musobaqa 15 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Unda O‘zbekiston, Chernogoriya, Saudiya Arabistoni va BAA jamoalari ishtirok etishadi.
Musobaqaning ochilish o‘yini 11-avgust kuni “Bunyodkor” stadionida o‘tkaziladi. Unda yosh o‘zbekistonlik futbolchilar BAA vakillariga qarshi maydonga tushishadi.
Ta’kidlanishicha, hamma uchrashuvlarga kirish bepul. Taqvim:
11 avgust: O‘zbekiston – BAA;
13 avgust: O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni;
15 avgust: O‘zbekiston – Chernogoriya.