TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘tgan kun davomida Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan terrorchilik maqsadida Sevastopolga uchirilgan 11ta dronlar to‘xtatib qolindi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.
“Sevastopol shahri yaqinida havo hujumidan mudofaa vositalari tomomnidan ikkita dronga zarba berilgan, yana to‘qqiztasi radio-elektron urush vositalari yordamida zararsizlantirilgan va nishonga yetib bormay, Qora dengiz akvatoriyasiga qulagan. <...> To‘xtatilgan terrorchilik hujumlari natijasida qurbonlar va vayronagarchiliklar yo‘q”, — deyiladi Mudofaa vazirligi xabarida.
Undan tashqari MV o‘tgan tunda Moskva tomon uchirilgan ikkit dron ham zararsizlantirilganini malum qildi. Dronlardan biri Kaluga viloyatining Maloyaroslavskiy tumani ikkinchisi Moskva viloyatining Odinsovo tumani osmonida urib tushirilgan.
Aytish joizki, so‘nggi kunlarda Kiyev rejimi Moskvaga dronlar yordamida terrorchilik hujumlari uyushtirish urinishlarini to‘xtatgani yo‘q. Xususan 9-avgust kuni Domodedovo va Minsk shossesi yaqinida Ukrainaning ikkita dronini urib tushirgan edi. Bir necha kun oldin esa (6 avgust) Moskva viloyatining Podolsk tumanida bitta dronni urib tushirilgan edi. Shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari Qrim yarim orolidagi obyektlarga ham dronlar yordamida zarba berishga urinmoqda.