Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qiruvchilari Ukraina QKning 10 dan ortiq obyektiga zarba berdi

Mudofaa vazirligi: Rossiyaning Su-34 qiruvchilari uch yo‘nalishda Ukraina Qurolli kuchlarining 10 dan ortiq obyektiga zarba berdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiyaning Su-34 qiruvchi-bombardimonchilari uch yo‘nalishda Ukraina Qurolli kuchlarining 10 dan ortiq obyektiga zarba berdi, deb ma’lum qildi “Yug” guruhi matbuot markazi rahbari Vadim Astafyev RIA Novostiga.

"Janubiy kuchlar guruhining Su-34 qiruvchi-bombardimonchilari ekipajlari Ukraina Qurolli kuchlarining Lisichansk, Soledar-Artyomovsk va Aleksandr-Kalinovsk yo‘nalishlaridagi 10 dan ortiq obyektlariga zarba berishdi", — dedi u.

Bundan tashqari, Rossiyaning hujum aviatsiyasi Belogorovka, Veseloe va Avdeyevka aholi punktlari hududlarida dushman shaxsiy tarkibini yo‘q qildi, armiya aviatsiyasi vertolotlari ekipajlari tankga qarshi boshqariladigan raketalarning zarbalari bilan Kurdumovka va Kleshcheyevka (DXR Artyomovsk tumani) hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining zirhli texnikasini yo‘q qildi.