TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Rossiya Afrikaning oltita davlatiga 50 ming tonnagacha donni tekin yetkazib beradi, dedi Rossiya Qishloq xo‘jaligi vaziri Dmitriy Patrushev. RIA Novosti xabariga asosan.
“Prezident ta’kidlaganidek, jahon bozoriga g‘alla yetkazib berish bo‘yicha yetarlicha ishonchli hamkor bo‘lishdan tashqari, Afrika mamlakatlariga ham g‘allani tekin yetkazib beramiz. Hozircha oltita davlatga 25 -50 ming tonnagacha bo‘lgan hajmlar haqida gapirapmiz”, — dedi vazir.
Hozir mutasaddi idoralar bu masala ustida ishlamoqda, yetkazib berish yaqin kunlarda boshlanishi mumkin, dedi boshqarma boshlig‘i. Shuningdek, joriy yilda jahon bozoriga qariyb 55 million tonna g‘alla eksport qilish rejalari haqida ham to‘xtalib o‘tdi.
"Bu ko‘rsatkichni o‘rim-yig‘im paytida yuqoriga qarab o‘zgartirish mumkin. Agar g‘alla hajmi bo‘yicha o‘rim-yig‘im bo‘yicha prognozlarimiz ortib borayotganini ko‘rsak, eksport hajmlari bo‘yicha ham ko‘rsatkichni to‘g‘rilaymiz”, - dedi Patrushev.
Moskva Afrika davlatlariga tijoriy asosda ham, tekin ham don yetkazib berishni davom ettirishga tayyorligini Vladimir Putin iyul oyi oxirida Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan Rossiya-Afrika sammitida ma’lum qilgan edi.
Davlat rahbari bir necha bor ta’kidlaganidek, Rossiya dunyodagi eng qashshoq mamlakatlarni oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun Qora dengiz bo‘ylab oziq-ovqat shartnomasi bekor qilingan taqdirda Ukraina g‘allasi eksportini o‘rnini bosishi mumkin.
Don bitimi Rossiya Turkiya, Ukraina va BMTni uning uzaytirilishiga qarshi ekanligi haqida xabardor qilganidan so‘ng 18-iyul kuni yakunlandi. Shartnoma Ukraina g‘allasini Qora dengiz orqali eksport qilishni va Rossiya oziq-ovqat va o‘g‘itlarini jahon bozorlariga olib chiqishga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlashni nazarda tutgan. Moskva bir necha bor kelishuv Rossiya bilan ishlamayotganini va Ukraina g‘allasi Afrikaning muhtoj mamlakatlariga emas, birinchi navbatda Yevropaga yuborilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Moskva kelishuvning barcha shartlari bajarilsa, unga qaytishini istisno qilmaydi.