Nega O‘zbekistonda dollar kursi oshmoqda va yil oxirigacha u qanday holatga keladi – ekspert

Bugun, 10-avgust kuni O‘zbekistonning ko‘plab tijorat banklarida dollar kursi 12 000 so‘mdan oshdi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Kelasi yil O‘zbekistonda dollar kursi 13 000 so‘mga yetishi mumkin. Bu haqda Iqtisodiyot fanlari nomzodi, mustaqil ekspert Temur Shaydanov Sputnik muxbiriga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, dollarning qimmatlashishi sabablaridan biri AQShning qayta moliyalash stavkasi bo‘lib, Federal zaxira tizimi uni 25 bazis punktga oshirib, 5,25-5,5% gacha ko‘tardi.
Temur Shaydanovning so‘zlariga ko‘ra, bu qarori bilan AQSh qimmat pul siyosatini olib bormoqda.
Ekspertning fikricha yana bir sabab bu - mamlakat iqtisodiyotining ahvoli. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular uchun og‘ir yuk bo‘lgan budjet taqchilligi, import hajmining ko‘payishi va tadbirkorlarning soliqdan uzoqlashishi valyuta kursining shakllanishiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda.
Bundan tashqari, ekspert ta’kidlaganidek, real valyuta kursi uzoq vaqt davomida 13 000 so‘m bo‘lgan, biroq respublika Markaziy banki turli sabablarga ko‘ra uni ushlab turdi.
Valyutalar kursi
Mutaxassisning fikricha, mamlakatda bunday kurs yil oxirigacha davom etishi mumkin.
"Prognoz - 13 000 so‘m. Yil oxirida 12 600 ga tuzatish mumkin, ammo yangi yildan keyin mamlakat yalpi ichki mahsuloti ijobiy tomonga o‘zgarmasa, albatta 13 000 darajasiga yetadi", dedi Temur Shaydanov.
Valyutalar kursi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Markaziy bank so‘m nega keskin qadrsizlanganiga izoh bildirib, kelgusida almashuv kursining keskin qadrsizlanishini oldini olish bo‘yicha yetarli instrumentlarga ega ekanini ma’lum qildi.
Dollar keskin ko‘tarildi – tijorat banklaridagi valyutalar kursi