Gavayi arxipelagidagi eng yirik orollardan biri Maui orolini o‘rmon yong‘inlari qamrab oldi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 36 kishi halok bo‘lgan. Ko‘plab aholi punkti yakson bo‘lgan. Olov sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Laxayna shahrini ham ayab o‘tirmagan.
Tabiiy yong‘inlarga jazirama havo va qurg‘oqchilik sabab bo‘lgan. Minglab kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.