TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev ikki kunlik tashrif bilan Buxoro viloyatida bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.
Ilg‘or sanoat korxonalari va mahallalar hayoti bilan tanishish, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Shuningdek, mamlakatda tabiiy gaz va elektr energiyasidan oqilona foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlash masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.