TOShKENT, 10 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik futzalchilar Ozarbayjon jamoasiga qarshi kechgan baxsda g‘alaba qozonishdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi xabar berdi.
Kecha II MDH o‘yinlari doirasida O‘zbekiston U-20 futzal terma jamoasi Ozarbayjon jamoasiga qarshi bahs olib bordi, yakunda futzalchilar raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirishmadi.
Hisob: Ozarbayjon 1:9 O‘zbekiston.
Gollar: Abror Ahmetzanov 3', Tohirbek Abdukarimov 11', Timur Salimov 15', Muzaffar Abdukarimov 17', 29', 39', Beyoglan Valizade 19', Fazliddin Botirov 22', 24', Jahongir Narzullayev 25'.
Eslatib o‘tamiz, 8-avgust kuni O‘zbekiston–Rossiya o‘yinlari o‘tkazilgan edi. Unda ikki mamlakat sportchilari durrang natija qayd etishdi.
II MDH o‘yinlarida medallar xajmi bo‘yicha O‘zbekiston 3-o‘rinda ketmoqda. Hozirga qadar, sportchilar 9 ta oltin, 13 ta kumush va 26 ta bronza medalini qo‘lga kiritishga ulgurishdi. O‘zbekistonda umumiy hisobda 48 ta medal bor. Musobaqada eng ko‘p medallarga rossiyalik sportchilar (153) ega chiqishdi. Belarus jamoalari esa 122 ta medal bilan ikki o‘rinda bormoqda.
MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi. MDH o‘yinlarida 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etmoqda.