TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) fermer xo‘jaliklarida mahsulot yetishtirish hajmi 2,9 foizga oshdi. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ittifoqqa a’zo barcha davlatlarda o‘sish kuzatildi. Unga ko‘ra, shu yilning yanvar-iyun oylarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,9 foizga oshdi.
Chorvachilikda 2022-yilning shu davriga nisbatan quyidagicha o‘sish kuzatildi:
chorva mollari va parrandalar (tirik vaznda) 2,6 foiz;
sut 3,4 foiz;
tuxum 1,7 foiz.
Armanistondan tashqari, YeOIIga a’zo barcha davlatlarda chorva mollari va parranda go‘shti (tirik vaznda) va sut ishlab chiqarishning o‘sishi qayd etildi. Tuxum ishlab chiqarishning maksimal o‘sishi Qirg‘izistonda, kamayishi Belarusda kuzatildi.