Davlat korxonalarga sun’iy tola ishlab chiqarishga yordam beradi — Mirziyoyev

Buxoroda akril tola hamda undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish to‘liq mahalliylashtiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 10 avg — Sputnik. Davlat korxonalarga sun’iy tola ishlab chiqarishga yordam beradi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
Aytilishicha, bu joy ilgari unumsiz, bo‘sh turgan maydon bo‘lgan. Tadbirkorlarga sharoit yaratish maqsadida hudud “G‘ijduvon” erkin iqtisodiy zonasiga kiritilib, zarur infratuzilma tortilgach, bu yerda sanoat vujudga keldi.
Xususan, “Siyovush tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatining 36 million dollarlik loyihasi o‘tgan oyda ishga tushdi. Unda yiliga 40 ming tonna akril ip-kalava yigirish quvvati va 600 ta ish o‘rni yaratildi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.
"Bu Yangi O‘zbekistondagi yangi yo‘nalish. Yurtimizda to‘qimachilik sanoati rivojlanyapti. Agar korxonalar qo‘shilgan qiymat yaratib, daromadini oshiraman desa, qisman akril ishlatishiga to‘g‘ri keladi. Undan tayyorlangan mahsulot qiymati 5 barobar oshadi. Bu - manfaatdorlik, barqarorlik, odamlarga ish o‘rni, degani. Shuning uchun davlat paxtani qayta ishlashga qancha ko‘makdosh bo‘lgan bo‘lsa, endi sun’iy tola ishlab chiqarishga ham shunday yordam beradi, - dedi prezident.
Hozirgi korxona loyihaning birinchi bosqichi bo‘lib, ayni paytda xorijlik hamkorlar bilan korxona faoliyatini kengaytirish ustida ish olib borilmoqda.
Buxoro viloyati Kogon tumanidagi “Siyovush tekstil” korxonasi
Rejaga ko‘ra, keyingi bosqichda akril tola hamda undan tayyor mahsulot ishlab chiqarish to‘liq mahalliylashtiriladi. Jami ish o‘rni soni 1 ming 200 taga yetadi.