TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Ukraina harbiy harakatlar teatrida qurollar yetishmasligi, zirhning zaifligi, eski "Abrams M1A1" tankining katta vazni va injiq gaz turbinali dvigateli nihoyat Amerika qurollarining kuchi haqidagi afsonani yo‘q qilishi mumkin.
Avvalroq Sovet ko‘chma granatomotlardan yoki “isonchilar” ning qo‘lbola minalari zarbalaridan Iroq, Yaman va Afg‘onistonda yuzlab “Abrams” lar yonib ketgan yoki muvaffaqiyatsizlikka uchragan edi.
7 avgust kuni Pentagon Ukrainaga ta’mirlangan eski "M1A1 Abrams" tanklarining partiyasini jo‘natishini e’lon qildi. Ukraina Qurolli kuchlari kuzgacha o‘q-dorilar va xizmat ko‘rsatish to‘plami bilan qurollantirilgan “Abramslar” ni qabul qiladi. 1984-yilda ishlab chiqarilgan "M1A1 Abrams" tank bataloni (jami 31 ta tank) frontdagi vaziyatni o‘zgartirmaydi. Rossiya qo‘shinlari yozning ikki oyida UQKning taxminan shuncha miqdordagi nemis “Leopardlari” ni, 400 dan ortiq boshqa tanklarni va jami 1780 zirhli texnikani yo‘q qildi.
Rossiya maxsus harbiy operatsiyasi — Amerikaning “Cho‘l bo‘roni” emas va Pentagon rasmiylari ehtiyotkorlik bilan Ukraina qo‘mondonligiga “Abramslar” ni Britaniyaning “Chellendjerlar”i va Fransiyaning “Leklerlar”iga yaqinroq zaxirada saqlashni tavsiya qildi. Eng yaxshisi — G‘arbiy Ukraina hududida saqlash, halokatga uchragan Amerika tanklarini Polshaga evakuatsiya qilish osonroq bo‘ladi.
“Uzumini e, bog‘ini so‘rama” va shunga qaramay, Pentagon UQKga M1A2 modifikatsiyasining ilgari va’da qilingan nisbatan zamonaviy tanklari o‘rniga AQSh armiyasi flotidan “yangilangan korpusli” eski M1A1 ni yubormoqda.
Albatta, M1A1ning muqobil versiyasi va raqamli M1A2 o‘rtasida texnologik bo‘shliq mavjud (simli va mobil telefon o‘rtasidagi kabi). Ukraina tankchilari qo‘liga - jangovar ma’lumot-boshqaruv tizimi, komandirning panorama termal tasvirli nishonga olish tizimi, ikki tekislikda stabilizatsiyalangan nishonga olish tizimi, haydovchi-mexanik uchun termal tasvir va frontal qismdagi uran zirh plastinalarga ega bo‘lmagan Amerika mashinalari topshiriladi.
O‘q-dorilar to‘plamiga kam boyitilgan uran yadroli zirh teshuvchi snaradlar kirmagan (ular o‘rniga past teshib o‘tish darajali volfram yadroli snarad berishdi). UQK samaradorligi pasayganligi sababli “Abramslar” ning yetkazib berilishi tezlashtirilgan. Biroq, Amerikaning “Foreign Policy” jurnali avvalroq ta’kidlaganidek:
“Ukraina armiyasi tobora ko‘proq foydasiz o‘yinchoqlarga ega bo‘lmoqda”. AQSh antiqa buyumlarni sovg‘a qilmoqda va bunday yordam uchun nafaqat pulda, balki maksimal darajada to‘lov qilish kerak bo‘ladi.
Dastlabki jangovar yo‘qotishlar
Abrams tanklarining asosiy xususiyatlari Amerika qurollarining kuchi haqidagi afsonani yo‘q qiladi. M1A2 ning nisbatan yangi versiyalarida ham bir qator texnologik kamchiliklar va muhim zaifliklar mavjud.
“Abramslar” juda og‘ir — 60 tonnadan oshadi (har qanday ko‘prik ham bardosh bera olmaydi) va nihoyatda “ochko‘z” – aviatsiya kerosini iste’moli 100 km uchun 700 litrgacha. Ukraina harbiy harakatlar teatrida UQK tankchilariga (Iroqda bo‘lgani kabi) hamrohlik qilayotgan yoqilg‘i quyuvchilarning uzun qator bo‘lib terilib turganini tasavvur qilishning iloji yo‘q — ular Rossiya aviatsiyasi tomonidan zudlik bilan yo‘q qilinadi.
Rossiya qo‘shinlarining tankga qarshi qurollari “Abrams”larga jang maydonida omon qolish imkoniyatini qoldirmaydi: birlashtirilgan mina to‘siqlari 24/7 samarali “ishlamoqda”, artilleriya va “Lanset” kamikadze dronlari xatosiz zarba beradi, T-90M “Proriv” har qanday zirhli transport vositalarini “Vixr-M” raketasi (Ka-52) bilan 5 km gacha masofada va “Kornet” tankka qarshi raketa tizimi bilan 10 km masofada yo‘q qila oladi.
Boshqa tomondan, Amerikaning "M1A1 Abrams" tankining 120 mm to‘pi 3 kmgacha bo‘lgan masofadagi nishonni urishga qodir (tankka qarshi raketa tizimlari yoki reaktiv snaradlar yo‘q). 7,62 mm va 12,7 mm kalibrli pulemotlar yuqori texnologiyali dushman bilan jangda g‘alabani va’da qilmaydi. Tankning yuqori zirhi 38 mm, korpus borti - 30 mm, dinamik himoyasi yo‘q.
“Abramslar” ni boshqarish tizimi Ukraina ekipajlarini tayyorlashni tezlashtirish uchun imkon qadar soddalashtirilgan. Darhaqiqat, to‘pdan o‘q otish uchun lazer masofa o‘lchagich va elektron ballistik kompyuter yetarli bo‘ladi. Avtomatik o‘q yuklagichning yo‘qligi “Leklerlar” dan tashqari barcha NATO tanklari uchun umumiy texnologik muammodir. Avtomatni ekipajning to‘rtinchi a’zosi osongina almashtiradi, ammo o‘q otilganidan so‘ng qisman yonadigan gilzalar tank ichida cho‘g‘lanib yonishda davom etadi - bu katta muammo. Juda injiq 1500 ot kuchiga ega gaz turbinali dvigatel 72 km / soat maksimal tezlikka ega bo‘lishga imkon beradi (kreyser tezligi – 40 km / soat). To‘liq 1900 litrli bak bilan tank asfalt yo‘lda to‘liq – 440 km masofani bosib o‘tishi mumkin.
“Cho‘l bo‘roni” operatsiyasi (1991) 18 “Abramslar” uchun oxirgi jang bo‘lgan edi. 2003-2011 yillardagi Iroq urushi paytida 1135 ta mashinadan iborat Amerika tank parkining 70 foizi ishdan chiqan edi. Iroq armiyasiga topshirilgan M1A1 versiyasidagi 140 ta “Abramslar” dan 2016-yil oxiriga kelib “jihodchilar” 47 tasini yo‘q qilgan. Tankning hatto zamonaviy modifikatsiyalar ham jang maydonida zaif bo‘lib chiqdi.
Saudiya Arabistoni 2015-yilda husiylarga qarshi kurashayotgan Yaman kuchlariga o‘nlab "Abrams"ni topshirgan edi. “Isonchilar” yil davomida ATGM o‘ti bilan Saudiyaning (Amerika) 20 ta mashinasini, shu jumladan uchta "M1A2S Abrams" tankini yo‘q qildi. E’tibor bering, "Abramslar" har doim havodan yordam olish orqali harakat qilgan, ular hech qachon 10 km masofada texnologik jihatdan ustun bo‘lgan armiya yoki hujumchi samolyotlar tomonidan yo‘q qilinmagan.
"Leopard 2A4" tanklarining Ukraina harbiy harakatlar teatrida paydo bo‘lishi Rossiya qo‘shinlarining hujum, taktik va strategik ustunligiga ta’sir qilmadi. O‘ttiztalab eski Amerika tanklari UQKni mag‘lubiyatdan qutqara olmaydi. “Abramslar” va NATO ning boshqa asosiy jangovar tanklari haddan tashqari “afsonalashtirilgan”, ammo ular texnologik jihatdan Ukraina harbiy harakatlar teatrida jangovar qarama-qarshilik uchun yaroqsiz va rossiyalik hamkasblari bilan solishtirishga dosh bera olmaydi.
T-90M “Proriv” maxsus harbiy operatsiyaning eng yaxshi tanki ekanligini isbotladi. Og‘irligi 48 tonna bo‘lgan Rossiyaning T-90M asosiy jangovar tanki jangovar kuchi, nishonga olish masofasi, tezligi va manyovr qobiliyati bo‘yicha NATOdagi tanklardan ustundir.
Asosiy quroli — bu silliq stvolli 125 mm to‘p bo‘lib, uning samarali masofasi 4000 metrgacha (ballistik trayektoriya bo‘ylab yuqori portlovchi zarrali snaradlar bilan – 10 ming metrgacha). Xuddi shu qurol 5000 metr masofada lazer yordamida boshqariladigan “Refleks” tankga qarshi raketasi (shu jumladan, vertolotlar) bilan nishonga yetib boradi.
Barcha zamonaviy asosiy jangovar tanklar va “Relikt” dinamik himoya kompleksi orasida eng past korpusli T-90M “Proriv”ga jang maydonida yashirin qolish imkonini beradi va zirhni teshuvchi kalibrli snaradlardan ishonchli himoya qiladi. Rossiya Federatsiyasida yangi tanklar ishlab chiqarish ko‘p martaga oshdi – yiliga 1000 dan ortiq. Maxsus xarbiy operatsiyaning 500 kuni ichida Rossiya Germaniyani ortda qoldirdi va dunyodagi beshinchi iqtisodiyotga aylandi (Jahon bankining avgust oyi boshida e’lon qilingan ma’lumotlari) — bu UQK va NATO strategik mag‘lubiyatining muhim texnologik elementidir.