Endi xavfli yuklarni tranzit tashish uchun ruxsatnomalarni onlayn olish mumkin — tafsilotlar

Respublika hududidan tranzit o‘tuvchi xavfli toifaga kiritilgan yuklarga onlayn ruxsatnoma berish maqsadida “Xavfli yuk” axborot tizimi ishlab chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Endi xavfli yuklarni tranzit tashish uchun ruxsatnoma elektron shaklda beriladi, deya xabar berdi Transport vazirligi.
Respublika hududidan tranzit o‘tuvchi xavfli toifaga kiritilgan yuklarga onlayn ruxsatnoma berish maqsadida “Xavfli yuk” axborot tizimi ishlab chiqildi.

“Natijada xavfli yuklarni tranzit tashish uchun ruxsatnomalarni berish an’anaviy ko‘rinishdan elektron shaklga o‘tkazildi”, - deyiladi xabarda.

Tegishli ruxsatnoma talabgorlari mazkur axborot tizimi orqali ariza yuborishlari mumkin.

“Tizim orqali arizachi murojaat yo‘llagandan so‘ng qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ariza ko‘rib chiqiladi va tegishli xulosalar asosida ruxsatnoma tizim tomonidan taqdim etiladi”, - deya qo‘shimcha qilingan xabarda.

Ruxsatnoma blankasini tizim orqali onlayn yuklab olish mumkin.