TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar berdi Kreml matbuot xizmati.
"Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Turli darajadagi ikki tomonlama aloqalarni faollashtirishga kelishib olindi", - deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, Rossiya va O‘zbekiston sheriklik munosabatlari so‘nggi bir necha yil davomida uzluksiz va ildam rivojlanib bormoqda. Rossiya O‘zbekistonning investitsiyalar va tashqi savdo aylanmasi bo‘yicha eng yirik hamkorlari ro‘yxatining birinchi qatorlarida joylashgan. O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokida ochilayotgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya yetakchilik qilmoqda.