Shoygu AQShning Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar berish qarorini harbiy jinoyat deb atadi

Kassetali bombalar havodan yoki yerdan uchirilishi mumkin. Ular portlaganda o‘ndan 600 tagacha yoki undan ko‘p zarrali kichikroq o‘q-dorilarni tashlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu AQShningUkraina yordam to‘plamiga kassetali o‘q-dorilarni qo‘shish qarorini harbiy jinoyat deb atadi.
“Ukraina Qurolli kuchlarining G‘arb artilleriya tizimlari o‘q-dorilari yetishmasligi ortib borayotgan paytda Vashington yordam to‘plamiga xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan kassetali o‘q-dorilarni kiritib, harbiy jinoyat sari bordi”, - dedi Shoygu Rossiya Mudofaa vazirligi hay’ati yig‘ilishida.
Kassetali bombalar havodan yoki yerdan uchirilishi mumkin. Ular portlaganda o‘ndan 600 tagacha yoki undan ko‘p zarrali kichikroq o‘q-dorilarni tashlaydi. Ba’zilari texnik sabablarga ko‘ra, portlamay qoladi. Bu tinch aholiga tahdid soladi: portlamagan bombalar jangovar harakatlar tugaganidan keyin tinch aholini o‘ldirishi yoki mayib qilishi mumkin bo‘lgan minalarga aylanadi va ularni aniqlash hamda yo‘q qilish qimmatga tushadi. Kassetali o‘q-dorilar 123 davlat ratifikatsiya qilgan xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan, ammo AQSh va Ukraina ular ro‘yxatiga kirmaydi.
Rossiya harbiylarining ma’lumotlariga ko‘ra, UQK allaqachon Donbassni o‘qqa tutish paytida kassetali o‘qlardan foydalangan. Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Igor Konashenkovning ta’kidlashicha, bu Ukraina qo‘shinlarining vazifasi imkon qadar ko‘proq tinch aholini o‘ldirishdan iborat ekanligidan dalolat beradi.
Putin Ukrainaga kassetali o‘q-dorilar yetkazib berilishiga munosabat bildirdi