TOShKENT, 9 avg — Sputnik. Adliya katta maslahatchisi Narimov Ikrom Shermatovich O‘zbekiston transport prokurori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlov mamlakat bosh prokurorining buyrug‘iga asosan amalga oshirildi.
Ikrom Narimov tayinlovga qadar Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Ikrom Narimov 1971-yilda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy — huquqshunos, 1993-yilda Toshkent davlat universitetini hamda 2013-yilda Bosh prokuratura Oliy o‘quv kurslarini tamomlagan.
U prokuratura organlaridagi xizmat faoliyatini Toshkent transport prokuraturasida boshlab, keyinchalik O‘zbekiston Transport prokuraturasi tizimida turli lavozimlarda ishlab, Toshkent aviatsiya transport prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
2018 yilning yanvaridan noyabrigacha transport prokurorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bosh prokurorning 2018-yil 19-noyabrdagi buyrug‘i bilan Toshkent shahar prokurorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.