"Xaritadan yo‘qolasiz": Zelenskiyning Rossiya haqidagi bayonoti qanday qabul qilindi

Ukraina prezidenti yaqinda bergan intervyusida “Rossiya don bitimidan chiqqanidan keyin Qora dengizdagi don yo‘lagini berkitishda davom etsa, kemalarsiz qolishi mumkin” deb tahdid qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Twitter foydalanuvchilari Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning “Rossiyani kemalarisiz qolishi mumkin” degan bayonotini tanqid qilishdi, deya yozadi RIA Novosti.
“Qo‘l-oyog‘i bog‘langan va umidsizlikka tushgan odam”, — deb hisoblaydi foydalanuvchilardan biri.
“Agar u o‘z tahdidini amalga oshirishga urinsa, uning mamlakati xaritadan yo‘q bo‘lib ketadi”, — deb izoh yozgan yana bir foydalanuvchi.
“Ehtimol, bunday bayonotlar qilishdan oldin juda ko‘p oq kukun qabul qilgan”, — deb istehzo qilgan yana biri.
“Giyohvandlik – yomon illat”, — deb izoh qoldirganlar ham bo‘lgan.
“Zelenskiy yovuz inson va o‘n minglab qurbonlar uchun javobgardir”, – deb xulosa qilishdi foydalanuvchilar.
Ukraina prezidenti Argentinaning “Nacion” nashriga bergan intervyusida “Rossiya don bitimidan chiqqanidan keyin Qora dengizdagi don yo‘lagini berkitishda davom etsa, kemalarsiz qolishi mumkin” deb tahdid qildi.
Don bitimi 18-iyul kuni to‘xtatildi, Turkiya, Ukraina va BMT ga Rossiya bitimni uzaytirilishiga qarshi ekanligi haqida xabar berdi. Prezident Vladimir Putin avvalroq BMT ning sa’y-harakatlariga qaramay, Rossiya bilan kelishuv shartlari bajarilmaganini, chunki G‘arb davlatlari o‘z va’dalarini bajarmoqchi emasligini ta’kidlagan edi. Putin G‘arb Ukraina donining katta qismini o‘z davlatlariga eksport qilganini va kelishuvning asosiy maqsadi – muhtoj mamlakatlarga, jumladan Afrika mamlakatlariga yetkazib berish esa hech qachon amalga oshmaganini bir necha bor ta’kidlagan.