Xorazmda qovun sayli o‘tkaziladi — kun va manzil

“Qovun sayli” festivali 12-13 avgust kunlari Xiva shahrida bo‘lib o‘tadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Xorazmda qovun sayli o‘tkaziladi, deya xabar berdi Qishloq xo‘jaligi vazirligi.
“Qovun sayli” festivali 12-13 avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ichan qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida bo‘lib o‘tadi.
Festivalni o‘tkazishdan maqsad viloyatning agroturizm salohiyatini namoyish etish, hududning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdan iboratdir.
Qovun eksporti: kimga qancha sotildi

“Festivalda qovunlarning "gurvak", "qilichboy beshak", "qari qiz", "tuya qovun", "to‘yona", "ola zamcha", "Xorazm oq novvoti", "ko‘k gulobi", "bo‘rikalla" kabi bir-biridan totli yuzlab navlari namoyish qilinadi”, - deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, bu yerda turli meva-sabzavotlar, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston qo‘shni davlatlar poytaxtlarida qovun narxi qancha turishini hisoblab chiqilgan edi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Tojikistonda hatto supermarketlarda ham qovun vazniga qarab emas, donalab sotiladi. Demak, eng qimmat qovunlar Moskvada, uni tatib ko‘rish zavqi Kishinyovda biroz arzonroq bo‘ladi, Minsk eng qimmat qovunlar bilan uchinchi o‘rinni qayd etdi.
Qishloq xo‘jaligi vazirligiga ko‘ra, Markaziy Osiyoda qovun eng ko‘p yer maydoniga ekilishi jihatidan poliz ekinlari orasida 1-o‘rinda turadi. Jahondagi eng mazali qovunlar O‘zbekistonda yetishtiriladi. Xalq seleksiyasida uning 150 dan ortiq navlari bor. Mamlakatda eng ko‘p ekiladigan qovun navlari: “oqurug‘”, “Asate 3806”, “bo‘rikalla”, “ko‘ktinna”, “ko‘kcha”, “qizilurug‘”, “mahalliy sariq handalak”, “obi Novvot”, “shakarpalak”, “gurlan” kabilardir.
Qovunni qanday tanlash kerak — sotuvchi muhim sirlar bilan bo‘lishdi