TOShKENT, 8 avg — Sputnik. AQSh va Yevropa qo‘g‘irchoqlari taqdiri hamisha bir xil yakunlanadi, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy turmaga tiqilgan Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili taqdirini takrorlaydi. Rossiya Davlat dumasi raisi Vacheslav Volodin shunday fikr bildirdi.
“Vashington va Brussel qo‘g‘irchoqlari taqdiri hamisha bir xil yakunlanadi – ulardan xalos bo‘lishadi. Zelenskiy - galdagisi”, - deya yozdi Volodin o‘zining Telegram-kanalida.
Uning ta’kidlashicha, Saakashvili faqat galstukni chaynashi bilan yodda qolgan.
“U jamiyatdan chetlatilgan, qamoqqa tiqilgan. Zelenskiyni ham xuddi shu kutib turibdi”, - deya qo‘shimcha qilgan Rossiya Davlat dumasi spikeri.
Volodin 2008-yil 8-avgust kuni Gruziya prezidenti bo‘lgan Saakashvili Janubiy Osetiyaga hujum qilish to‘g‘risida buyruq berganini eslatgan. Uni YeI va NATO qo‘llab-quvvatlagan, moliyalashtirgan, qurol-yarog‘ bilan ta’minlagan, harbiylarni o‘qitgan.
“Tarix takrorlanyapti, biroq endi Zelenskiy bilan”, - deya aniqlik kiritgan rossiyalik siyosatchi.
Volodinning ta’kidlashicha, endi Saakashvili Gruziya prezidenti bo‘lgan chog‘larida sodir etgan jinoyatlari uchun jazoni o‘tayapti.