Shavkat Mirziyoyev turkiyalik biznesmenni qabul qildi

"Cengiz Holding" kompaniyasi O‘zbekistonda amalga oshirish mumkin bo‘lgan yangi biznes loyihalarini kengaytirish bo‘yicha rejalarini taqdim etdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-avgust kuni Turkiyaning "Cengiz Holding" kompaniyasi boshqaruvi raisi Mexmet Jengiz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatida quvvati 500 megavattdan ziyod bo‘lgan yana bir elektr stansiya qurilishiga start berdi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda Turkiya kompaniyasi ishtirokida O‘zbekistonda ikkita loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi – Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida umumiy quvvati 460 megavattli zamonaviy elektr stansiyalar ishga tushirildi.

Bundan tashqari, "Cengiz Holding" kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 5 milliard dollardan ziyod bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish rejalari taqdimot qilindi.
Ular orasida avtomobil yo‘llari va tunnellarni modernizatsiya qilish va qurish, geologiya-qidiruv ishlarini bajarish va istiqbolli foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish, energetika infratuzilmasini davlat-xususiy sheriklik shartlarida boshqarish kabi loyihalar bor.
Shavkat Mirziyoyev prinyal glavu tureskoy kompanii