Rossiya o‘z shartlarida sulhga erishadi - Medvedev

Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari mamlakat o‘z maqsadlariga erishi uchun kuchi yetarli ekanini ta’kidladi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Butun NATO deyarli ochiqchasiga Rossiyaga qarshi jang qilmoqda, biroq maxsus harbiy operatsiyaning barcha vazifalarini hal qilish va o‘z shartlarida sulhga erishish uchun Rossiyaning yetarlicha kuch-qudrati mavjud. Bu haqda Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev ma’lum qildi.
Medvedev 8-avgust kuni (Gruziya-Osetiya mojarosi boshlangan kun) o‘zining Telegram-kanalida yangi post e’lon qildi.

“O‘shanda AQSh va uning vassallarining tajribasi aniq yetishmadi. Bugun ular Rossiyani yer yuzidan yo‘q qilishga urinib, yana o‘zgalar qo‘li bilan jinoiy urush olib borishmoqda. Bizga qarshi butun NATO tizimi deyarli ochiqchasiga jang qilmoqda”, - deya yozdi Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari.

“Maxsus harbiy operatsiyaning barcha vazifalarini hal qilish uchun bizning kuchimiz yetarlicha. 2008-yil avgustida bo‘lgani kabi dushmanlarimiz yakson qilinadi, Rossiya esa o‘z shartlarida sulhga erishadi. G‘alaba bizniki bo‘ladi”, - deya qo‘shimcha qilgan Medvedev.
Shuningdek, u 15-yil oldin Rossiya Sxinvalga qilingan razilona hujumga qat’iyat bilan javob qaytargani, agressorga qarshi keskin zarba berganini eslatgan.
2008 yil 8-avgustga o‘tar kechasi Gruziya Janubiy Osetiyaga qurolli hujum uyushtirdi. Rossiya o‘sha payt ko‘pchiligini Rossiya fuqaroligini qabul qilgan respublika fuqarolari va mintaqada 1992-yildan buyon bo‘lgan tinchlikparvar kuchlarini himoya qildi. Besh kun davom etgan jangovar to‘qnashuvlardan so‘ng Rossiya Gruziya harbiylarini mintaqadan siqib chiqardi. 2008-yil 26-avgust kuni Rossiya Janubiy Osetiya va Abxaziya mustaqilligini tan oldi.