Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi

Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Qozog‘istonda Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi, deya xabar berdi O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi.
Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykali o‘rnatildi.

“Balandligi to‘rt metrdan ortiq bo‘lgan mazkur haykal O‘zbekiston xalq rassomi, haykaltarosh Jasvant Annazarov tomonidan yaratildi va Ostona shahrida o‘rnatildi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari ikki mamlakat delegatsiyalarining kengaytirilgan tarkibi bilan muzokaralari davomida Ostona shahri markazida buyuk o‘zbek shoiri, davlat arbobi Alisher Navoiy haykalini o‘rnatish bo‘yicha qaror qabul qilingan edi.
Alisher Navoiy haqida qiziqarli faktlar
Bugunga qadar Alisher Navoiy haykali Tokio, Shanxay, Vashington, Moskva, Minsk, Boku, Mozori Sharif, O‘sh, Dushanbe, Seul kabi shaharlarida qad rostlagan.