TOShKENT, 8 avg — Sputnik. O‘zbekistonning "Artel" kompaniyasi Ozarbayjonda maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasini qurmoqchi, deya xabar berdi Sputnik Ozarbayjon.
Bu imkoniyatni "Artel" tarkibiga kiruvchi O‘zbekiston xoldingi AKFA guruhi vakillari hamda Ozarbayjon Eksport va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash agentligi rahbari Yusif Abdullayev muhokama qildi.
“AKFA Group bosh ijrochi direktori Bahodir Abdullayev "Artel" kompaniyasining Ozarbayjonda potensial investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Ozarbayjonda maishiy texnika ishlab chiqarish korxonasini qurishdan manfaatdorligini qayd etdi, - deyiladi xabarda.
Abdullayev investitsiya loyihasini qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi.Uchrashuvda mamlakatdagi sarmoyaviy muhit va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.