Oltoyda muzlik pushti tusga kirdi — video

Oltoyda suv o‘tlarining gullashi sababli muzlik pushti va qizil rangga o‘zgardi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Oltoy Respublikasida suv o‘tlari gullashi tufayli muzlik pushti va qizil rangga o‘zgardi. Bu haqda Tomsk davlat universiteti xabar berdi.
Oltoy tog‘laridagi Aktru muzliklari guruhini o‘rganayotgan Tomsk davlat universiteti olimlari yaqinda o‘tkazgan ekspeditsiya chog‘ida Vodopadniy muzligida kamdan-kam uchraydigan hodisa – suv o‘tlarining katta gullashini aniqladi.
Aytilishicha, bu hodisa muzning rangiga ta’sir qilgan, u pushti va qizil rangga o‘zgargan.
Olimlarning ta’kidlashicha, ular 10-yildan ortiq vaqt davomida muzliklarda qizil suv o‘tlarning bunday katta to‘planishini ko‘rishmagan.
“Taxminlarga ko‘ra, bunday ommaviy hodisaning sababi bu qishda Oltoy tog‘larida tushgan va qizil suv o‘tlari uchun qulay gullash davrigacha saqlanib qolgan juda katta miqdordagi qordir”, deyiladi xabarda.
Mutaxassislar bu hodisa erish jarayonini tezlashtirishi mumkinligidan xavotirda. Qo‘shimcha qilinishicha, muzliklarning erishi iqlim va atrof-muhitning global o‘zgarishining asosiy ko‘rsatkichlaridan biridir.