Harorat yana ko‘tariladi — O‘zbekistonda 9-avgust uchun ob-havo

Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Ertaga, 9-avgust kuni O‘zbekistonda harorat yana ko‘tariladi, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, respublikada havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +19-21, kunduzi +35-37 daraja bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi, Xorazm viloyatida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18-23, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18-23, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18-23, kunduzi +32-37 daraja bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20-25, kunduzi +35-40 daraja bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +18-23, kunduzi +32-37 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +12-17, kunduzi +22-27 daraja bo‘ladi.