TOShKENT, 08 avg — Sputnik. G‘arb Niger bilan nima qilishni bilmaydi. Afrikaning ushbu davlatidagi davlat to‘ntarishidan so‘ng Nigerda qo‘shin joylashtirgan AQSh va Fransiya qiyin tanlovga duch keldi - hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylarni zo‘ravonlik bilan ag‘darishni tashkil qilish yoki ular bilan tinch yo‘l bilan muzokara olib borishga harakat qilish.
Ammo to‘ntarishdan keyin ikki hafta o‘tib bu variantlarning hech biri ish bermagani ma’lum bo‘ldi. Sababi nima?
Fransuzlar va amerikaliklar zudlik bilan yangi hokimiyatni tan olmasligini e’lon qilib, ishdan bo‘shatilgan prezidentni qayta tiklashni talab qilish bilan birga, sanksiyalar va harbiy aralashuv bilan tahdid qila boshlashdi.
O‘z-o‘zidan emas, balki Nigerning EKOVAS mintaqaviy ittifoqi mamlakatlaridagi qo‘shnilari qo‘li orqali - intervensionistlarning harakatlarini Parij va Vashington boshqarib borishini hamma tushunadi. Biroq, harbiy bosqinchilik tahdidi nafaqat Niameydagi yangi hokimiyatni qo‘rqitmadi, balki G‘arb uchun vaziyatni yanada yomonlashtirgan bir qator oqibatlarga olib keldi.
Nigerning yangi rahbari general Tchiani Fransiya bilan harbiy kelishuvlar bekor qilinishini e’lon qildi va fransuz qo‘shinlarini bir oy ichida mamlakatdan olib chiqib ketishni talab qildi. Qo‘shni Mali va Burkina-Faso davlatlari rahbarlari Niger harbiylarini qo‘llab-quvvatlab, Nigerga qilingan hujum ularning mamlakatlariga urush e’lon qilish bilan barobar bo‘lishini e’lon qilishdi.
Tchianining o‘rinbosari general Modi bu mamlakatlar rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Mali va Burkina-Faso poytaxtlari Bamako va Uagaduguga tashrif buyurdi va u yerda "Vagner" xuskiy harbiy kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Keyin 220 million aholiga ega (Nigerda 25 mln) asosiy mintaqaviy kuch bo‘lgan Nigeriya Senati qo‘shni davlat ishlariga aralashishga rozilik bermadi - va EKOVASning bir haftalik ultimatumi hech qanday oqibatlarsiz tugadi.
Bundan tashqari, qo‘shni Chad davlati to‘ntarishdan keyingi birinchi kunlarda Niameyga prezidenti Debi Chiani va hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Bazum bilan uchrashish uchun kelgan, u EKOVAS boshchiligidagi harbiy aralashuvda qatnashmasligini e’lon qildi. Nigerning shimoliy qo‘shnisi Jazoir rahbari Tebun esa har qanday harbiy aralashuvga qarshi chiqdi, chunki bu butun mintaqani alanga oldirishi mumkin.
Bundan tashqari, qo‘shni Chad davlati to‘ntarishdan keyingi birinchi kunlarda Niameyga prezidenti Debi Chiani va hokimiyatdan ag‘darilgan prezident Bazum bilan uchrashish uchun kelgan, u EKOVAS boshchiligidagi harbiy aralashuvda qatnashmasligini e’lon qildi. Nigerning shimoliy qo‘shnisi Jazoir rahbari Tebun esa har qanday harbiy aralashuvga qarshi chiqdi, chunki bu butun mintaqani alanga oldirishi mumkin.
Niameyning o‘zida o‘tgan dam olish kunlari Tchiani qo‘llab-quvvatlash uchun katta miting bo‘lib o‘tdi va dushanba kuni Mali va Burkina-Faso delegatsiyalari qo‘shni xalq bilan birdamlik bildirish uchun shaharga kelishdi. Shu bilan birga, qo‘shni Malidan uzoqda joylashgan Niameyga birinchi "Vagner" instruktorlari kelgani haqida tasdiqlanmagan xabarlar ham paydo bo‘ldi.
Ya’ni bir necha kun ichida eng murakkab kombinatsiya amalga oshirildi: Nigerning aksariyat qo‘shnilari tashqi aralashuvga qarshi, faqat ikki davlat Nigeriya va Benindan tashqari, lekin ular ham ko‘proq faqat "so‘zda rozi" ko‘rinadi. EKOVASning yana bir necha davlati ham aralashishga rozi bo‘lishi mumkin, lekin Nigeriyasiz (hududdagi eng yirik davlat) hech qanday aralashuv mumkin emas. Biroq Nigeriya jangga kirishmaydi — chunki bunday aralashuv uning o‘zini portlatib yuboradi. Axir Nigeriyada ham, Nigerda ham eng ko‘p sonli millatlar — xausalardir. Ya’ni Nigeriya armiyasi o‘z qabiladoshlariga qarshi jang qilishiga to‘g‘ri keladi. Har ikkala davlat ham ko‘p millatli, ammo xausa musulmonlariga qarshi urush Nigeriyadagi nozik diniy muvozanatga ham zarba beradi. Davlatning janubidagi boy xristianlar shimolidagi kambag‘al musulmon xalqlari orasida katta qarama-qarshiliklar mavjud. Xullas, Afrikada G‘arb manfaatlari uchun Nigerda jang qilishni xohlaydigan odamlar yo‘q. Biroq hali ham go‘yoki operatsiyaga tayyorgarlik davom etayotgandek tuyuladi. Nega?
Chunki Nigerning qo‘ldan chiqishi Fransiya uchun katta siyosiy zarba bo‘lib, uning G‘arbiy Afrika - Saheldagi obro‘siga putur etkazadi. Endi fransuz qo‘shinlari qit’aning oltita davlatida joylashgan - Nigerni tark etgandan keyin ham Jibuti, Chad, Gabon, Senegal va Kot-d'Ivuar qoladi. Ammo so‘nggi yillarda Parij Markaziy Afrika Respublikasi, Mali va Burkina-Fasodagi ta’sirini yo‘qotganini (va harbiy kontingentlarini olib chiqib ketganini) hisobga olsak, tendensiya juda yoqimsiz ko‘rinadi. Niger Chad bilan birga fransuz qo‘shinlari uchun eng muhim bazalardan edi. Agar Parij Nigerda o‘z ta’sirini saqlab qololmasa, u Chadda uzoq vaqt qolishi mumkinligiga kafolat yo‘q. Va Chadning yo‘qolishi butun G‘arbiy Afrikaga ta’sir qilish imkoniyatini to‘liq yo‘qotishni anglatadi - Senegal va Gabondagi kontingentlar ramziy ma’noga ega va Chet el legioni Jibutida joylashgan bo‘lsa-da, bu baza Afrikaning narigi tomonida.
Shuning uchun Fransiya Afrikadagi pozitsiyalarining undan ham zaiflashishini to‘xtatish uchun Niger isonchilarini har qanday tarzda jazolamoqchi. Ammo uning o‘zi jang qilishni xohlamaydi, chunki bu butun mintaqada va butun Afrikada fransuzlarga qarshi tuyg‘ularning portlashiga olib keladi. Parij afrikaliklarni terrorchilar va islomchilarga qarshi kurashda yordam berayotganiga ishontirdi va xuddi shu Saheldagi beqarorlikning so‘nggi to‘lqini fransuzlar Qaddafiyni ag‘darib, Liviyani vayron qilgandan so‘ng ko‘tarilganini qo‘shishni unutdi. Ammo hozir 2011-yil emas, hatto o‘tgan asrning 60-90 yillari ham emas, frassuz parashutchilari Afrikaning "ozod qilingan" mamlakatlarida hukumatni osongina o‘zgartira olmaydi.
Fransiya endi o‘z ta’sir zonasida kuch ishlatishga qodir emas, chunki u o‘z ta’sirining katta qismini ham, kuch ishlatish qobiliyatini ham yo‘qotdi.
Afrikaga Xitoy keldi va Rossiya qaytdi — turli yo‘llar bilan, lekin jiddiy va uzoq vaqt davomida. Biz fransuzlarga qarshi fitna "qo‘zg‘ashimiz" shart emas. Nigerdagi voqealar shuni ko‘rsatadiki, Rossiya bilan deyarli hech qanday aloqasi bo‘lmagan mamlakatda (Niameyda hatto Rossiya elchixonasi ham yo‘q), Rossiyaga mutlaqo bog‘liq bo‘lmagan generallar undan yordam so‘ray boshlaydi va odamlar Rossiya bayroqlarini ko‘tarib ko‘chalarga chiqishdi.
Bularning barchasi uchun Parij o‘ziga faqat "rahmat" aytishi mumkin. Ular bunday nafratni dastlab o‘zlarining mustamlakachilik siyosati, keyin esa post-mustamlakachilik (yashirin boshqaruv) siyosati evaziga loyiq bo‘lishdi. Endi hech qanday harbiy arlashauv hech narsani tuzata olmaydi, xoh birovning, xoh o‘z qo‘li bilan bo‘lsa ham. Harbiy aralashuv bo‘lishi ham dargumon.