Iyul tarixdagi eng issiq oy bo‘ldi — olimlar

"Copernicus" dasturi: 2023-yilning iyuli tarixdagi eng issiq oy bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Olimlarning aniqlashicha, 2023-yil iyul tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi, deya xabar berdi RIA Novosti "Frans Press" nashriga tayanib.
"France Press"ning Yevropa Ittifoqining "Copernicus" dasturiga asoslanib ma’lum qilishicha, 2023-yilning iyuli tarixdagi eng issiq oy bo‘ldi.

“Biz hozirgina iyul oyida global havo va okean yuzasi harorati yangi tarixiy rekordlarni o‘rnatganiga guvoh bo‘ldik. Bu yozuvlar odamlarga ham, sayyoramizga ham zarar keltiradi”, - deya "Copernicus" direktori o‘rinbosari Samanta Berdjess so‘zlaridan iqtibos keltirgan nashr.

Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, 2023-yil iyul oyi 2019-yil iyulidan 0,33 daraja issiqroq bo‘lgan, o‘sha paytdagi o‘rtacha harorat bo‘yicha avvalgi rekord Selsiy bo‘yicha 16.63 darajani tashkil etgan edi.
Bundan tashqari, joriy yilning iyul oyidagi o‘rtacha global harorat 1991-2020 yillardagi o‘rtacha iyul haroratidan 0,72 daraja issiqroq bo‘lgan.
Jaziramadan saqlanish uchun foydali tavsiyalar