MDH o‘yinlarining ikkinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 7 ta medalga ega chiqdi

O‘zbekiston delegatsiyasi o‘q otish sporti, yengil atletika, og‘ir atletika, dzudo turlarida qator medallariga egalik qilishdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg — Sputnik. Belarusda o‘tayotgan ikkinchi MDH o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 7 ta medalga ega chiqdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Belarusda ikkinchi MDH o‘yinlarining yana bir kuni ortda qoldi. O‘zbekiston delegatsiyasi o‘q otish sporti, yengil atletika, og‘ir atletika, dzudo turlarida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga egalik qilishdi.
Kun qahramonlari bilan tanishing:
Oltin medal: Parizod Abdullayeva (yengil atletika, yadro uloqtirish)
Kumush medal: Anastasiya Silchenkova (yengil atletika, 2000 metr), Shodiyona Rahmonova (yengil atletika, 300 metr, to‘siqlar osha).
Bronza medal: Despina Bandaletova (yengil atletika, 2000 metr), Nursultan Esberganov (og‘ir atletika, -81 kg), Pnevmatik to‘pponchadan 10 metrdan o‘q otish, jamoaviy (Ilhombek Obidjonov, Sodiqjon Abdullayev, Umidbek Kamolbekov), Dzudo bo‘yicha jamoaviy dastur.
1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4
Eslatib o‘tamiz, kecha o‘zbekistonlik sportchilar dzudo, yengil atletika, og‘ir atletika sport turlarida 2 ta oltin, 4 ta kumush va 8 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishgandi.
MDH o‘yinlari 4-14 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar Belarusning 11 ta shahrida sportning 21 turi bo‘yicha o‘tkaziladi. MDH o‘yinlarida 3 mingga yaqin sportchi, murabbiylar, hakamlar, tibbiyot xodimlari va boshqalar ishtirok etmoqda. O‘yinlarda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston sport delegatsiyalari ishtirok etmoqda.