Diversiya — hozircha zaif versiya. Turkiya don omboridagi portlash sabablari o‘rganilmoqda

Turkiya Don kengashi rahbari aytishiga ko‘ra, qo‘poruvchilik haqida gapirishga hali erta, portlash sabablarini aniqlash uchun har tomonlama tekshiruv olib borilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 8 avg – Sputnik. Turkiya rasmiylari Derinje portida 7-avgust kuni sodir bo‘lgan portlash sabablarini o‘rganmoqda. Diversiya istisno qilmayapti, biroq bu versiya hozircha unchalik ishonarli ko‘rinmaydi, dedi Turkiya Don kengashi rahbari Ahmet Guldal CNN Turk telekanaliga.

"Bu port hududi va xavfsizlik tekshiruvidan o‘tmagan, hech kim u yerga kira olmaydi: xoh davlat xizmatchisi, yoki port xodimimi yo korxona egasi bo‘ladimi. Albatta, versiyalar o‘rganib chiqiladi, lekin diversiya hozircha zaif versiya deb baholanmoqda”, - deydi Guldal.

Uning ta’kidlashicha, qo‘poruvchilik haqida gapirishga hali erta bo‘lsa-da, portlash sabablarini aniqlash uchun har tomonlama tekshiruv olib borilmoqda.

"Ehtimol, bu xodimlarning noqonuniy harakatlari yoki diversiya bo‘ladimi — hammasiga baho beriladi. Biz buni e’tibordan chetda qoldirmaymiz. Hammasi ekspertizalardan so‘ng aniqlanadi", - deya xulosa qildi Turkiya don kengashi rahbari.

Derinje portida 7-avgust kuni Turkiya Don kengashiga qarashli elevatorlarda kemaga don yuklash vaqtida portlash sodir bo‘lgan edi. Shahar meri Tohir Buyukakinning so‘zlariga ko‘ra, 12 kishi jarohatlangan, 16 ta elevatordan 13 tasi shikastlangan. Kojayeli viloyati gubernatori Seddar Yavuzning so‘zlariga ko‘ra, ushbu favqulodda holatga don changi portlashi sabab bo‘lishi mumkin.