TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Kiyev Fransiyadan SCALP uzoq masofaga uchadigan raketalarni oldi. Buni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy tasdiqladi.
Zelenkiy Ukraina harbiy-havo kuchlari kuni munosabati bilan Telegram-kanalida joylagan videoda snaradlardan birini ko‘rsatdi, deya yozadi RIA Novosti.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 11-iyul kuni NATOning Vilnyusdagi sammitida Ukraina Qurolli kuchlarining hujumini “qo‘llab-quvvatlash” uchun uzoq masofaga uchadigan raketalarni Kiyevga topshirish qarorini e’lon qilgan edi. “LCI” telekanalining xabar berishicha, gap SCALP raketalari haqida ketmoqda. Ular allaqachon Buyuk Britaniya tomonidan Ukrainaga yetkazib berilgan "Storm Shadow" muqobillari hisoblanadi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning aytishicha, SCALP raketalarining Kiyevga topshirilishi mojaroning kuchayishiga qaratilgan yana bir qadamdir.
Moskva o‘tgan yilning bahorida NATO davlatlariga Ukrainaga harbiy yordam yetkazilishi yuzasidan nota yuborgan. Rossiya Kiyev uchun qurol bo‘lgan har qanday yuk armiya uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov AQSh va alyans nafaqat qurol yetkazib berish, balki Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda kadrlar tayyorlash bilan ham mojaroda bevosita ishtirok etayotganini aytdi.