TOShKENT, 7 avg – Sputnik. Turkiya g‘arbidagi Marmara dengizidagi Derinje yirik savdo porti yaqinida portlash sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda IHA axborot agentligi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan 14:40 atrofida Istanbuldan sharqda joylashgan Kojayeli viloyatida sodir bo‘lgan. Portlash yaqin atrofdagi G‘oljuk shahrida ham sezilgan.
CNN Turk telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, portlash kemaga don ortish vaqtida, elevatorlardan birida sodir bo‘lgan.
“Elevatorlar muntazam ravishda tekshiriladi, portlash sabablari anii emas. Rasmiylar gaz siqilishi tufayli portlash sodir bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘qligini hali ma’lum qilgani yo‘q”, — dedi telekanal muxbiri.
Shahar meri portlash oqibatida bir nechta elevatorlar shikastlanganini tasdiqladi, hozir ular g‘alladan ozod qilinmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, portning konteyner qismiga zarar yetmagan.
Turkiya matbuoti ham to‘rt nafar yarador, ularning ahvoli yaxshi ekanini xabar qilmoqda. RIA Novosti agentligining Safiport port operatoridagi manbasiga ko‘ra, hodisa port ishiga ta’sir ko‘rsatmagan.
Portlash port yaqinida sodir bo‘lgan, bu yerda hech narsa sodir bo‘lmagan – portlash ham, yong‘in ham sodir bo‘lmagan”, — dedi manba.
Portlashdan keyin tutun bulutlari shaharning turli qismlaridan ko‘rinmoqda, o‘t o‘chiruvchilar va tez yordam xizmatlari, shuningdek, terrorizmga qarshi otradlar o‘z joylariga jalb qilingan.