Samarqand aeroportida yo‘lovchi tashish oqimi tarixiy rekord darajaga yetdi — tafsilotlar

Ta’kidlanishicha, 2023-yilning birinchi yarmida Samarqand xalqaro aeroporti tarixiy rekordni urib, 439 664 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foiz yoki 241 080 yo‘lovchiga ko‘pdir.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Samarqand aeroportida yo‘lovchilar tashish oqimi joriy yilning birinchi yarmida ikki baravar ko‘paydi va tarixiy rekord darajaga yetdi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.
Air Marakanda 2020-yilda aeroportlarni boshqarish, yo‘lovchilar, bagaj va aviakompaniyalarga xizmat ko‘rsatish, yuk va pochta bilan ishlash, shuningdek samolyotlarga texnik va tijoriy xizmatlarni ko‘rsatish uchun tashkil etilgan.
Ta’kidlanishicha, 2023-yilning birinchi yarmida Samarqand xalqaro aeroporti tarixiy rekordni urib, 439 664 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 121,4 foiz yoki 241 080 yo‘lovchiga ko‘pdir. Yo‘lovchi tashish oqimining ko‘payishi amalda faoliyat yuritayotgan tashuvchilarning parvozlari sonining ko‘payishi bilan bevosita bog‘liq.
Yo‘lovchilar tashish oqimi o‘sishining tahliliga ko‘ra, asosiy e’tibor xalqaro yo‘nalishlarga qaratilgan. 2023-yilning birinchi yarmida eng ko‘p reyslar Samarqanddan Moskva, Sankt-Peterburg, Istanbul, Dubay va Abu-Dabiga amalga oshirilgan. Ushbu reyslarda jami 393 689 yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilgan.
Parvozlar geografiyasini kengaytirish maqsadida 2023-yil boshidan buyon Samarqand xalqaro aeroporti Samarqanddan 6 ta ichki va 18 ta xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlarni amalga oshirgan: Tel-Aviv, Quvayt, Mineralnie Vodi, Ufa, Samara va boshqalar.
Ma’lumot uchun, Air Marakanda – davlat-xususiy sherikchilik asosida O‘zbekiston aviatsiya sanoatida birinchi loyiha doirasida Samarqand xalqaro aeroportining yangi terminalini yerustida xizmat ko‘rsatish va boshqarish bo‘yicha operator-kompaniya.