Putinning Turkiyaga tashrifi avgust oxirida kutilmoqda – OAV

4 avgust kuni Erdog‘an jurnalistlarga Rossiya prezidenti Turkiyaga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Turkiyaga tashrifi avgust oyining so‘nggi haftasida kutilmoqda. Bu haqda “Hurriyet” gazetasi o‘z manbalariga tayangan holda yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya rahbari va Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an muzokaralari kun tartibidan don bitimini qayta tiklash, ikki tomonlama aloqalar, Turkiya, Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi munosabatlar hamda Turkiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilash masalalari o‘rin oladi.
Rossiya va Turkiya prezidentlari 2-avgust kuni telefon orqali muloqot qilishdi. Muloqot chog‘ida ehtimoliy uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rishga kelishib olindi.
4 avgust kuni Erdog‘an jurnalistlarga Putin Turkiyaga tashrif buyurishi mumkinligini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashrif sanasi hozircha ma’lum emas, aniq sana diplomatik kanallar orqali kelishiladi.