Pokistonda poyezd halokatida 30 kishi qurbon bo‘ldi

Pokiston janubidagi yo‘lovchi poyezdi halokati qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q — elchixona.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Pokistondagi poyezd halokati oqibatida qurbon va jarohatlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda "Dunyo" AA O‘zbekistonning mamlakatdagi elchixonasi ma’lumotlariga tayangan holda xabar bermoqda.
“Pokistondagi temir yo‘l halokati oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar orasida mamlakatimiz fuqarolari yo‘q. Vaziyat diplomatlarimiz nazorati ostida”, - deyilgan xabarda.
Kecha Pokiston janubida yo‘lovchi poyezdi halokatgauchragan edi. Pokistonning Sind provinsiyasi, Karachidan 275 kilometr uzoqlikdagi Navabshoh shahri yaqinida 10 ta vagon relsdan chiqib ketgan. Buning oqibatida 30 kishi halok bo‘lgan, 80 kishi jarohat olgan.Poyezd halokatiga nima sabab bo‘lgani noma’lum.