Eron aviakompaniyasi Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yadi

Joriy yil 9-avgust kuni Tehron — Toshkent — Tehron yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Eronning “Qeshm Air” aviakompaniyasi Tehron va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda “Uzbekistan Airports” xabar berdi.
Joriy yil 9-avgust kuni Tehron — Toshkent — Tehron yo‘nalishi bo‘yicha birinchi muntazam yo‘lovchi reysi amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Reyslar haftasiga bir marta — chorshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshirilishi kutilmoqda.
“Qeshm Air” — shtab-kvartirasi Tehronda joylashgan Eron aviakompaniyasi bo‘lib, 1993-yilda tashkil etilgan hamda mahalliy va xalqaro yo‘lovchi reyslarini, shuningdek, charter reyslarini amalga oshiradi.