BRICS kengayadi: 23 davlat rasman qo‘shilish istagini bildirdi

Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Pandor aytishiga ko‘ra 23 davlat rahbarlari rasman BRIKSga qo‘shilish istagini bildirgan.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. 23 ta davlat yetakchilari rasman BRIKSga qo‘shilish istagini rasman bildirdi, dedi Janubiy Afrika tashqi ishlar vaziri Naledi Pandor brifingda.

“Biz 23 davlat rahbarlaridan BRIKSga a’zo bo‘lish bo‘yicha rasmiy qiziqish bildirish va undan ham ko‘proq BRIKSga a’zo bo‘lish imkoniyatlari haqida norasmiy so‘rovlarni oldik”, - dedi diplomat.

Bu davlatlar qatorida Jazoir, Argentina, Bangladesh, Bahrayn, Belarus, Boliviya, Kuba, Misr, Efiopiya, Gonduras, Indoneziya, Eron, Qozog‘iston, Kuvayt, Marokash, Nigeriya, Falastin, Saudiya Arabistoni, Senegal, Tailand, Birlashgan Arab Amirliklari, Venesuela va Vyetnam bor.
Naledining qo‘shimcha qilishicha, yuqori qiziqish BRIKSning Global Janub mamlakatlari manfaatlarini himoya qiluvchi yetakchi tashkilot sifatidagi maqomini tasdiqlaydi.
2022 yilda BRIKS tashkilotni yanada inklyuziv qilish uchun a’zo davlatlar sonini kengaytirishini e’lon qilgan edi. Xususan, Argentina, Eron, Jazoir, Tunis, Turkiya, Saudiya Arabistoni va Misr kabi kamida 19 ta davlat iqtisodiy blokka kirish istagini bildirgan.
Janubiy Afrikaning Moskvadagi elchisi Mzuvukile Maketuka RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida aytganidek, assotsiatsiyaning barcha a’zolari kengayishni olqishlaydi, biroq yangi a’zolarni qabul qilish usullarini aniqlash zarur va bu masalani birgalikda hal qilish kerak.
Bugungi kunda BRIKS Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrikani birlashtiradi. Tashkilot davlat rahbarlarining navbatdagi sammiti 2023-yil 22-24 avgust kunlari Yoxannesburgda o‘tkaziladi. Unda Rossiyani tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov taqdim etadi. Vladimir Putin videokonferensiya formatida ishtirok etishga qaror qildi. O‘tgan haftada Hindiston bosh vaziri Narendra Modi ham Putin bormagani sababli sammitda onlayn ishtirok etishini e’lon qilgan edi.