Birinchi taran: uchuvchi Talalixin buni qanday amalga oshirgan edi — video

Ulug‘ Vatan urushi edi boshlangan vaqtda aviatsiyada ustunlikka ega bo‘lgan Gitler har kuni ko‘plab shaharlarni bombardimon qilardi. Uchuvchi Talalixin o‘z samolyotida dushmanning bombardimonchisini birinchi bo‘lib taran qilgan.
Sputnik
1941 yilning 7-avgust kunida uchuvchi Viktor Talalixin Moskva osmonida nemis bombardimonchi samolyoti "Xeynkel-111"ga o‘zining I-16 samolyoti bilan borib uriladi. O‘z jonini qurbon qilishga tayyor bo‘lgan uchuvchi mo‘’jiza tufayli omon qoladi.

"O‘zimni qurbon qilsam qilaman, biroq yaramasni qo‘yib yubormayman. Shunda gazni to‘liq bosdim va samolyotim bilan dushmanning dumiga borib urildim", - deb eslaydi uchuvchi keyinchalik.

Ushbu jasorati uchun Viktor Talalixinga Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni berilgan edi.
Uchuvchi ushbu voqeadan keyin bir yarim oy o‘tib, 1941-yil 27-oktabr kuni Podolsk yaqinidagi havo jangida halok bo‘lgan.