Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

Mirzayev bunga qadar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Shuhrat Mirzayev Toshkent viloyati Bekobod tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
Xalq deputatlari Bekobod tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Mirzayev nomzodi tuman hokimligi lavozimiga tasdiqlandi.
Shuhrat Mirzayev 1982-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti – oliy. 2004-yilda Toshkent moliya instituti hamda 2007-yilda Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot akademiyasining Toshkent shahridagi filiali, 2009-yilda esa O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyalarini tamomlagan.
Lavozimga tayinlangunga qadar “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki Buxgalteriya hisobi va hisoboti departamenti boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
2 avgust kuni Bekobod tumani hokimi Furqat Xudoyberdiyev o‘z lavozimidan ozod qilish to‘g‘risida ariza yozgan edi.