TOShKENT, 7 avg — Sputnik. Abxaziyada qotillikda gumonlanayotgan O‘zbekiston va Ozarbayjonning ikki nafar fuqarosi qidirilmoqda. Bu haqda Sputnik Abxaziya respublika ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib xabar bermoqda.
“O‘zbekiston fuqarosi, 1992-yilda tug‘ilgan Salomov Otbek G‘ulomon o‘g‘li va Ozarbayjon fuqarosi, 1998-yilda tug‘ilgan Ibragimov Ali Elxan og‘li qidirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Jinoyat yakshanba kuni kechqurun Suxumda sodir bo‘lgan.
Qurbon repatriant, Abxaziya va Turkiya fuqarosi, 1967-yilda tug‘ilgan Xan-ipa Ridvan Inxan-ipa.
Bu Suxumda ikki yarim oy ichida sodir etilgan ikkinchi jinoyat. Ushbu jinoyat qurboni Turkiya fuqarosi, qotil esa Ozarbayjon fuqarosi bo‘lgan.