Chendu-2021: Sergey Fomin bronza medalini qo‘lga kiritdi

Sergey Fomin yarim final bahsida shveysariyalik sportchi Von Der Schulenburgga imkoniyatni boy berib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Sputnik
TOShKENT, 6 avg — Sputnik. Xitoyning Chendu shahrida bo‘lib o‘tayotgan 2021-yilgi XXXI yozgi Butunjahon Universiada o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Sergey Fomin tennis bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Yoshlar siyosati va sport vazirligi ma’lum qildi.
Sergey Fomin yarim final bahsida shveysariyalik sportchi Von Der Schulenburgga imkoniyatni boy berib, uchinchi o‘rinni egalladi.
Ayni paytda O‘zbekiston delegatsiyasi hisobidagi medallar soni 8 ta kumush va 5 ta bronzani tashkil etmoqda.